Gripp tufayli "Real"ning ikkita o'yinini o'tkazib yuborgan Chuameni "Atletiko"ga qarshi o'ynashga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 15:08
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Chuameni La Liga 23-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan safga qaytdi.

Fransiyalik futbolchi gripp tufayli "Osasuna" (2:0) va "Liverpul" (5:2) bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi.

Chuameni bo'lajak "Madrid derbisi"ga tayyorgarlik ko'rayotgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.

"Real" – "Atletiko" o'yini bugun "Santyago Bernabeu" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal