Golovinning ota-onasi futbolchiga "Chelsi" qiziqayotganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2018, 14:10
SSKA va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning ota-onasi Sergey va Svetlana Golovinlar o'g'lining "Chelsi"ga o'tishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Ha, hozir klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda, biroq aniq ma'lumotga ega emasmiz. Aleksandr ayni damda Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda, bor e'tibori jahon chempionatiga qaratilgan. Mundialdan so'ng bu transfer amalga oshishi mumkin. Hozir butun Rossiya unga muxlislik qilmoqda. O'g'limning eng sodiq muxlisasi uning 83 yoshli buvisi: U birorta o'yinni o'tkazib yubormadi" - deydi - Svetlaa Golovina.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Комсомольская правда — Кемерово