Godin Simeone haqida: “Haqiqiy murabbiy. Orkestr dirijyori"

Sherzod Nurmatov
3 may 2020, 22:54
"Atletiko" sobiq himoyachisi, hozirda "Inter" sharafini himoya qilayotgan Diego Godin Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.

"Cholo - haqiqiy murabbiy. Men buni "Atletiko"da o'ynab yurgan paytlarimda ko'p bor aytganman. U futbolchilardan uzilib qolmaydi, juda ko'p taktik ishlarni bajaradi va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda juda mohir - uning tug'ma istedodi bor.

Simeone ishtiyoqqa to'la. Jamoa va muxlislar o'rtasida qanday qilib yaqin munosabatlarni o'rnatishni biladi. Uni orkestr dirijyori desa bo'ladi”, - deydi Godin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca