Gleb: "Barselona"da Gvardiola bilan muammolarim bor edi, ammo bunga o'zim aybdor bo'lganman"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2015, 16:41
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda BATE sharafini himoya qilayotgan Aleksandr Gleb Kataloniya klubi eks-murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muammo bo'lgani haqida so'zlab berdi.

"Gvardiola bilan doimo kelishmovchilik bo'lgan. Men uni eshitmasdim. U menga ispanchani o'rganishim haqida aytgan, ammo bu ishni qilmasdim. Bunga o'zim aybdorman. Stress bo'lgan, chunki shaxsiy hayotimda muammolar bo'lgan, ammo Xavi, Inesta, Messi, Anri va Eto'O bilan o'ynaganim menga katta tajriba bo'lib xizmat qilgan" - deydi Gleb.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio