Geynrix va Anzur Ismoilov Toshkentda

Narzulla Saydullayev
26 avg 2015, 07:49
O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 avgust kuni Toshkentda yig'inni boshlaydi.

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz payshanba kuni soat 12:00da "Markaziy" mehmonxonasida yig'iladi.

Qozog'istonning "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix va Xitoyning "Chanchun Yatai" klubi himoyachisi Anzur Ismoilov Toshkentga yetib kelishgan.

Qolgan legionerlar ham tez orada Toshkentga kelib yig'inga qo'shilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia