Germaniyadan muxbirimiz xabar qiladi: Lyovni ogohlantirishdi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018, 17:25
Bild nashrining xabar berishicha, Rossiya futbol ittifoqi Bundesliga futbolchisini mahalliylashtirmoqchi.

Gap O'zbekistonda tug'ilgan "Gannover" tarbiyalanuvchisi va Germaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi Anton Valdemar haqida ketmoqda. Nemis nashri ushbu yangilik orqali Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovni ogohlantirishga urindi.

Rossiya terma jamoasi ustozi Stanislav Cherchesov JCH-2018dan avval Anton bilan bog'langan, biroq o'sha paytda futbolchi yakuniy qarorni qabul qilmagan edi. "Bu juda qiyin qaror. Germaniyada o'zimni uydagidek his qilaman, ammo Rossiyada ham. U yerda oila a'zolarimning bir qismi istiqomat qiladi" - deydi Anton.

Miron Goyxman

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia