Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "Real" o'zgarishi kerak, chunki futbol o'zgarmoqda"

Alisher
7 avg 2019, 12:51
Germaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Lotar Matteus "Real"ga keng ko'lamdagi o'zgarishlar zarur deb hisoblaydi.

Madrid klubi Ronalduning "Yuventus"ga ketganidan so'ng yangilanishi kerak.

- "Real" o'zgarishi kerak. Oldinlari yaxshi samara bergan, ammo kelajakda natijalar bera olmaydigan futbolchilarni almashtirish kerak. Barcha muammolarga Ronalduning ketishi ham sababdir.

U har mavsum 50-60ta gollar urardi. Benzema ham yaxshi futbolchi. Zidan unga ishonmoqda, ammo u Ronaldudek bo'la olmaydi. Ko'ramiz, Azar "Chelsi"dagi darajasida o'ynab keta olarmikan. "Real"ning tarkibida 5-6 yil birga o'ynab kelayotgan Marselu, Karvaxal, Ramos, Modrich va Krosslarni ko'rishimiz mumkin. Endi ularni almashtirish kerak.

Bu gapim ularning yomon o'yinchi degan fikrni bildirmaydi, aytmoqchimanki futbol o'zgarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS