

Uchrashuv so'ngida Bundestim a'zosi Leroy Sane jiddiy jarohat oldi. Sanega nisbatan ishlatilgan qo'pollik sabab, Serbiya terma jamoasi futbolchi Milan Pavkov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shuningdek, nemislarning yana bir o'yinchisi Lukas Klostermann ham jarohat olib maydonni tark etdi. Ikkala futbolchining jarohati borasida tez orada rasmiy ma'lumot beriladi.
Ma'lumot uchun, Germaniya terma jamoasi Evro-2020 saralashi doirasida ilk o'yinni 24 mart sanasida Niderlandiyaga qarshi safarda o'tkazadi.




