Germaniya chempionati. “Shtutgart” 94-daqiqada g'alabani o'zi tomonga og'dirib oldi

14 okt 2017, 02:01
Bundesliganing 8-turida “Shtutgart” futbolchilari o'z maydonlarida “Kyoln” bilan kuch sinashishdi.

“Mersedes-Benc-Arena”da o'tgan bellashuvda dastlab mezbonlar hisobni ochishdi. 77-daqiqada Dominik Xaync maydon egalari darvozasini ishg'ol etdi. Bellashuvning 94-daqiqasida Chardak Akolo gol kiritib, “Shtutgart”ga muhim uch ochkoni keltirdi.

Germaniya chempionati.

8- tur

Shtutgart – Keln 2:1

Gollar:1:0 – 38 Donis, 1:1 – 77 Xaync, 2:1 – 90 Akolo.

Shtutgart – Ciler, Badshtuber, Kaminski (Bek, 18), Aogo, Baumgartl, Mangalya, Askasibar, Brekalo (Akolo, 61), Pavar, Donis (Ginchek, 80), Terodde.

Keln –Xorn, Xaync, Sorensen, Klyunter, Yoyich (Girassi, 66), Raush (Xandverker, 72), Ozdjan (Pisarro, 46), Lemann, Bitenkur, Coller, Osako.

Ogohlantirish: Sorensen (33), Raush (63), Klyunter (75), Askasibar (85).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia