Germaniya. 3-tur. Levandovski "Borussiya"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013, 07:43
Tunda Germaniya bundesligasida 3-turning dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Dortmundning "Borussiya" klubi o'z uyida "Verder"ni mag'lub etdi - 1:0. Yagona golni 55-daqiqada Marko Roysining pasidan so'ng Robert Levandovski raqib darvozasiga yo'lladi - 1:0. Uchrashuvda hakam bironta futbolchiga ham sariq kartochka ko'rsatmagani e'tiborga molik. 

Turning qolgan o'yinlari bugun bo'lib o'tadi.


Borussiya D – Verder 1:0 (0:0, 1:0)
23 avgust, Signal Iduna Park
Gol:
1:0 – 55 Levandovski (Roys). 
Borussiya D – Vaydenfeller, Grosskroytc, Subotich, Xummels (Bender, 88), Shmelcer, Shaxin, Kel, Blashchikovski (Obameyang, 68), Mxitaryan (Xofmann, 81), Roys, Levandovski.
Verder – Militc, Gebre Selassi, Predl, Lukimya, Kaldirola, Makiadi, Ekidji (F. Kroos, 66), Yunuzovich, Arnautovich (Di Santo, 66), Yildirim (Elia, 71), Xunt. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia