

"Old Trafford"da o'tgan bahsda ikkinchi golni 83 daqiqada Lukakuning pasidan keyin Genrix Mxitaryan kiritdi. Shu tariqa, armanistonlik yarim himoyachi APLda hozirning o'zida o'tgan mavsumdagidan samaraliroq natija qayd etib ulgurdi. Genrix ortda qolgan 5 turda bitta gol urdi va 5ta golli pas berdi.





