Insayder "Arsenal"ni bir qator futbolchilar tark etishini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025, 18:18
Taniqli britaniyalik jurnalist Genri Vinter "Arsenal" atrofidagi holat bo'yicha ma'lumot berdi.

Shu tariqa, "The Times" gazetasining sobiq muxbiri X (sobiq Twitter)da hafta "kanonirlar" uchun foydali bo'lishi, chunki ular birdaniga 3 nafar yangi o'yinchi – Noni Madueke, Kristian Moskera va Viktor Gyokereshni qo'shib olishini yozdi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda 1,3 million obunachisi bo'lgan Vinter yaqin etti kun ichida "Arsenal" Yakub Kivyor, Ris Nelson, Leandro Trossard, Fabiu Vieyra va Aleksandr Zinchenkoning sotuvidar daromad olishni ko'zlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/henrywinter