Genduzi "Arsenal"dan o'zini boshqa klubga qo'yib yuborishni so'radi

Alisher
21 sen 2020, 12:22
Yarim himoyachi Matteo Genduzi "Arsenal" rahbariyatidan yangi klubga o'tishni xohlayotganini aytdi.

21 yoshli fransiyalik futbolchi klub rahbariyatidan o'zini boshqa chempionatdagi biror klubga qo'yib yuborishlarini so'ragan.

O'yinchi uchun Ispaniya, Italiya va Fransiyaning bir nechta klublari da'vogarlik qilmoqda.

Genduzi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe