Gavi, Fati, Aguero - "Barselona"ning "Dinamo"ga qarshi qaydnomasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
19 okt 2021, 22:08
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3 -turidan o'rin olgan Kievning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'yin uchun jamoaning qaydnomasini e'lon qildi.

Uchrashuvni jarohatlangan himoyachi Ronald Arauxo, yarim himoyachi Pedri va hujumchi Usmon Dembele, shuningdek, diskvalifikaciya qilingan himoyachi Erik Garsiya o'tkazib yuboradi.

Darvozabonlar: ter Shtegen, Neto, Penya.

Himoyachilar: Dest, Pike, Langle, Alba, Mingesa, Umtiti, Balde.

Yarim himoyachilar: Buskets, Puch, Demir, Koutino, Roberto, F. de Yong, Gonsales, Gavi.

Hujumchilar: Depay, Fati, L. de Yong, Aguero.

"Barselona" – "Dinamo" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com