Gattuzo o'zini A Seriyadagi eng yomon murabbiy deb hisoblaydi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2017, 20:32
"Milan" Italiya kubogida "Inter"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi.

Ana shu uchrashuvdan keyin "rossonerlar" ustozi Jennaro Gattuzo fikrlarini bildirib o'tdi.

Balki, men A Seriyadagi eng yomon murabbiy hisoblanishim mumkin.

"Milan" futbolchilari hatto 90 daqiqadan ko'proq ham kurasha olishlarini isbotlashdi. Oldinda, bizni ko'p ish kutmoqda. Bu g'alaba barcha muammolarimizni hal qilmaydi. Balki, men A Seriyadagi eng yomon murabbiy hisoblanishim mumkin. Lekin, men g'alaba qozonishni juda ham xohlayman va o'z shogirdlarimga ishonaman. Ular "Inter" bilan bahsdagi muvaffaqiyat tasodif emasligini isbotlashlari kerak", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia