Gattuzo Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlangani haqida gapirdi

Administrator
7 okt 2025, 20:23
Jennaro Gattuzo Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasiga tayinlanishi haqida hazillashdi.

2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro 6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasini boshqarishni o'z zimmasiga oldi va JCH-2026da milliy jamoaga rahbarlik qiladi.

"Men unga xat yozib o'tirmasdan, to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilib gaplashdim. Unga shunday dedim: "Jin ursin, qanaqasiga? Sen atir sepib, sochingga gel surtding va bo'ldi – allaqachon jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu yerda "okop"da yotibman", -deydi Italiya termasi ustozi Jennaro Gattuzo.

11 oktyabr kuni italiyaliklar JCH-2026 saralashida Estoniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Fanpage.it