Gari Nevill "Valensiya"ni Jeymi Vardi bilan kuchaytirmoqchi
Narzulla Saydullayev
6 dek 2015, 16:00
“Valensiya”ning yangi bosh murabbiyi Garri Nevill qishda bir qator futbolchilarni olib kelmoqchi.
Ular orasida “Lester” yetakchisi Jeymi Vardi ham bor, deb xabar beradi Daily Star nashri. Ma'lumot uchun, Vardi bu mavsumda ketma-ket 11ta o'yinda gol urib APL rekordini o'rnatdi.