Garet Sautgeyt Trentning yarim himoyadagi o'yini haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023, 12:33
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning yarim himoyadagi o'yini haqida gapirdi.

"Liverpul" futbolchisi Evro-2024 saralashida Maltaga qarshi o'yinda yarim himoyada o'ynadi va uzoq masofadan chiroyli gol urdi.

"Futbolchining termadagi o'rni klubidagi o'yiniga ham bog'liq. Trentni biz yarim himoyada ko'p ko'rganmiz va bu unga o'yinda yordam berdi.

Trent juda qiyin nuqtalarda ham to'pni qabul qilib, sheriklari ortida bo'lsa ham yo'llar topa olgani meni quvontirdi. Trent butun o'yinni his qilib turdi. Chunki bu uning uchun begona emas.

Menda hech qanday shubxa bo'lgani yo'q. U bunday o'yin ko'rsata olishga qodir. Shunchaki bu rolni o'ynashiga imkon berish kerak. O'z navbatida Trentning o'zi ham bu nuqtada o'ynashni juda istaydi.

Unga bu g'oya maqul keldi. Uch-to'rt hafta oldin bu borada u bilan telefon orqali gaplashgandik. Bu uni ham to'lqinlantirib yubordi. U biz kutgan o'yinni namoyig qilib berdi", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports