Galiulin "Ufa"ga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 17:24
O'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin Rossiya premer ligasiga chiqqan "Ufa" klubi bilan shartnoma tuzdi
"Rubin"ning sobiq futbolchisi ufaliklar bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Eslatib o'tamiz, 26 yoshli o'zbekistonlik futbolchi iyun oyi o'rtalardan buyon "Ufa" safida shug'ullanayotgandi.

Oldinroq Galiulin O'zbekistonda "Andijon", "Buxoro", "Traktor", Rossiyada "Sibir" va "Nefteximik" kabi klublarda o'ynagan.

Kuni kecha bo'lib o'tgan "Ufa" - "Yakutiya" uchrashuvida Galiulin o'z hisobiga gol ham yozib qo'ydi va jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru