Gakpo orzusidagi manzillarni sanab o'tdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022
PSV hujumchisi Kodi Gakpo o'zi transfer bo'lishni istaydigan klublar nomlarini ochiqladi.

Unga ko'ra, "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi top-klublar uning uchun kurashda ustunlikka ega bo'ladi. Biroq futbolchi yanvar oyida jamoasini almashtirish taklifini rad etdi. 

Gakpo o'tgan yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin kelgan va shundan buyon "Arsenal" bilan aloqada. Biroq 23 yoshli futbolchi mavsum so'ngiga qadar o'z jamoasida qolmoqchi.

Niderlandiyalik yosh iqtidor egasi joriy mavsum 24 ta o'yinda ishtirok etdi va 13 ta gol urib, 17 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN