Gabi: Hammadan xam ko'ra biz YCHLda g'olib chiqishni istaymiz

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2014, 09:17
Atletiko jamoasi sardori Gabi Chelsiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Qolgan jamoalarga qaraganda biz ko'proq ushbu musobaqada chempion bo'lishni istamoqdamiz.

Bu ikkita bir-biriga o'xshash jamoalar o'rtasidagi baxs bo'ladi. O'yinni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Birinchi o'yinni yaxshi o'tkazib olishimiz zarur. Javob o'yini oldidan bu judayam muhim.

Mourinyoning jamoalari taktik jixatdan xamisha kuchli. Ularda o'yin uchun ajoyib rejalar bo'ladi. Biz unga etarli darajada qarshilik ko'rsatamiz. Bu borada Kostaga xam ishonamiz, – deydi Gabi.

Jamoalar dastlabki o'yinni ertaga Madridda o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru