

Shuni aytish lozim, ushbu musobaqa Eronning Tabriz shahrida tashkil etiladi va 14-23 iyun kunlari o'tkaziladi. Bu 20 yoshgacha futzalchilar o'rtasidagi ikkinchi musobaqa bo'ladi. Birinchisi 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Ma'lumot uchun, ushbu turnirda O'zbekiston U-20 futzal terma jamoasi qatnashmaydi. Chunki yosh futzalchilarimiz o'tgan yil saralash bosqichidan o'ta olishmagan.
Quyida qur'a natijalarini keltirib o'tamiz:
"A" guruhi - Eron, Afg'oniston, Gonkong
"B" guruhi - Tailand, Livan, Qirg'iziston
"C" guruhi - Yaponiya, Vetnam, Tojikiston
"D" guruhi - Iroq, Indoneziya, Xitoy Taypeyi




