Futzal. U-20 Osiyo chempionati. Bugun vakillarimiz yarim final o'yinini o'tkazishadi

Tolibjon Qosimov
24 may 2017, 11:12
Tailandda futzal bo'yicha tarixda ilk marotaba o'tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi chorak finalda Mo'g'uliston yoshlarini qo'shimcha bo'limlarda 10:7 hisobida mag'lub etishgan edi.

Yarim finalda O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq U-20 terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Iroqliklar 1/4 finalda Yaponiya yoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan. Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

U-20 Osiyo chempionati
Yarim final, 24.05.2017


14:00. Tailand U-20 - Eron U-20
"Bangkok Arena"

17:00. Iroq U-20 - O'zbekiston U-20
"Bangkok Arena"

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqaning g'olibi va finalchisi 2018 yili o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi (U-18) Olimpiya o'yinlari futzal musobaqasiga yo'llanma oladi.

Bugungi uchrashuvning matnli translyatsiyasini saytimiz orqali o'qib borishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia