Futzal. To'rtinchi turning qoldirilgan o'yini 3 martda o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017, 17:13
14-19 fevral kunlari Samarqandda futzal bo'yicha XXI milliy chempionat 4-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Turning to'rtinchi kunidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi birinchi bo'limdan so'ng arenada elektr quvvati uzilib qolgani sababli to'xtatilgan edi. Dastlabki bo'limdan keyin bekobodliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Reglament asosida ana shu bahs ikkinchi bo'limini o'tkazish sanasi belgilandi. Unga ko'ra, 3 mart kuni soat 11:00da Toshkentdagi "Yoshlik" zalida "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvining ikkinchi bo'limi o'tkaziladi.

Oliy liga
1-bosqich, 4-tur
03.03.2017

"Lokomotiv" - "Metallurg" 0:2 (1-bo'limdan keyin)
Gollar:
G'.Mamajonov 8, S.Inomjonov 18

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz