Futzal. O'zbekistonning raqibi Argentina bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018, 15:11
Futzal bo'yicha Yaponiya terma jamoasi 25 va 28 yanvar kunlari Argentina bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bruno Garsiya boshchiligidagi yaponlar Xitoy Taypeidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida Jahon reytingida 4-o'rinda borayotgan Argentina bilan ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

1-11 fevral kunlari Xitoy Taypei mamlakatida 15-Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda Yaponiya terma jamoasi O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. Guruhimizda Janubiy Koreya va Tojikiston ham bor.

Yaponiya - Argentina 2:4
Gollar: 
Tomoki Yoshikava, Kazuya Shimicu 39 - Kristian Borruto 1, Lukas Bolo Alemani 16, Lusiano Avelino 18, Alan Brandi 33.
Yaponiya: Yushi Sekiguchi, Yuki Murota, Koichi Saito, Tomoki Yoshikava, Kazuxiro Nibuya
Zaxiradan tushganlar: Igor Pires, Akira Minamoto, Rafael Xenmi, Manabu Takita, Kaoru Morioka, Shota Xoshi, Kazuya Shimicu, Tomoaki Vatanabe, Ryosuke Nishitani, Minami Kato, Daimu Yazava.
Bosh murabbiy: Bruno Garsiya

Yaponiya - Argentina 1:4
Gollar:
Kazuya Shimicu 1 - Kristian Borruto 1, 17, Alan Brandi 22, Pablo Taborda 23
Yaponiya: Igor Pires, Koichi Saito, Tomoki Yoshikava, Shota Xoshi, Kazuya Shimicu.
Zaxiradan tushganlar: Yushi Sekiguchi, Yuki Murota, Akira Minamoto, Rafael Xenmi, Manabu Takita, Kaoru Morioka, Kazuxiro Nibuya, Tomoaki Vatanabe, Ryosuke Nishitani, Minami Kato, Daimu Yazava
Bosh murabbiy: Bruno Garsiya

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia