Futzal. O'zbekiston kubogida bugun chorak final bahslari boshlanadi

Khoja
5 may 2025, 08:27
Bugun Buxoro shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining pley off raundi – dastlabki bosqich o'yinlariga start beriladi.

Jamoalar ikkitadan o'yindan iborat bo'lgan chorak final bahslariga kirishishadi. O'yinlar Buxoro Olimpiya va paralimpiya zaxiralarini tayyorlash markazi sport zalida bo'lib o'tadi.

Agarda ikki uchrashuv natijasiga ko'ra kuchlar teng kelsa, ikkinchi uchrashuvning asosiy vaqti tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. Chorak finalning javob uchrashuvlari 8 may kuni bo'lib o'tadi.

Chorak final juftliklari bilan tanishing:

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan