Futzal. Osiyo Kubogi-2022 saralashiga 6 yanvar kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2021, 15:34
6 yanvar kuni Kuala-Lumpur shahrida futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralashiga qur'a tashlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy zona saralashida qatnashadi. Bahslar 1-15 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Eron bilan birga 1-savatchadan o'rin olgan. Yani vakillarimiz saralashda aniq Eronga to'qnash kelishmaydi.

Har bir guruhdan ikkitadan jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma oladi.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022 saralashi
Markaziy va Janubiy zona

1-savatcha: Eron va O'zbekiston
2-savatcha: Qirg'iziston va Tojikiston
3-savatcha: Turkmaniston va Afg'oniston
4-savatcha: Nepal va Maldiv orollari.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia