Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Tojikiston 5:5

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2016
Futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o'zaro uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Avvalgi ikki o'yinga nisbatan ancha qiziqarli va keskin o'tgan uchrashuv jangovar durang 5:5 hisobida o'z yakuniga etdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Toshkent, 14.07.2016
"O'zbekiston" sport majmuasi

O'zbekiston - Tojikiston 5:5
Gollar
: D.Rahmatov 12, E.Hoshimov 27, I.Hamroev 32, D.Shavkatov 34, D.Irsaliev 35 (dabl pen.) - S.Gulyakov 7, 24, F.Sardorov 16, 39 (dabl pen.) M.Mamedbabaev 21
Amalga oshirilmagan dabl penalti: D.Rahmatov 30

O'zbekiston (birinchi beshlik): Shavkat Ibragimov, Nodir Eliboev, Dilshod Rahmatov, Said Rizo Mirsharofov, Akbar Usmonov.
Zaxiradan tushganlar: Ravshan Eliboev, Dilmurod Shavkatov, Ilhom Rajabov, Tohir Abdurazzoqov, Alisher Ibragimov, Mashrab Odilov, Ilhom Hamroev, Alan Aminov, Dilshod Irsaliev, Eldor Hoshimov.

Tojikiston (birinchi beshlik): Murodullo Alikulov, Mansur Mamedbabaev, Mexruboni Tillozoda, Shavkat Xalimov, Rahmonali Sharipov.
Zaxiradan tushganlar: Firuz Bekmurodov, Umed Mirzorahimov, Sobirjon Gulyakov, Firuz Sangov, Firdavs Tusmatov, Umed Kuziev, Fayzali Sardorov, Nekruz Aliahmadov, Firuz Yusufzoda.

Ogohlantirishlar: I.Hamroev 14, T.Abdurazzoqov 31, D.Rahmatov 39 - N.Aliahmadov 24, M.Tillozoda 26



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia