

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" ham ishtirok etadi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq" turnirda munosib ishtirok etish maqsadida tarkibga Xitoy chempionatida to'p tepib kelayotgan tajribali futzalchimiz Shuhrat Tojiboevni qo'shib oldi. Tojiboev Xitoyning "Gansu" klubi a'zosi hisoblanadi. Shu sabab, olmaliqliklar Shuhratni 2 oyga ijaraga olishdi.
Bundan tashqari, o'tgan mavsumni "Metallurg"da ijarada o'tkazgan Sunnat Kuralov ham olmaliqliklar safiga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "Chonburi Blyuveyv" (Tailand) va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.




