Futzal. Oliy liga guruh bosqichidan keyin turnir jadvali

Tolibjon Qosimov
21 fev 2017, 16:04
14-19 fevral kunlari Samarqandda futzal bo'yicha XXI milliy chempionat guruh bosqichining so'nggi 4-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, amaldagi chempion "Olmaliq" guruh bosqichini birinchi pog'onada yakunladi. Qarshining "Do'stlik-AIN" klubi ham olmaliqliklar kabi 53 ochko jamg'ardi. O'zaro har ikkala o'yin ham 2:2 hisobi bilan yakunlangan. Bunday holatda to'plar nisbatining yaxshiroqligi Aleksandr Petrov shogirdlarini peshqadamga aylantirdi. "Ardus" esa Samarqanddagi turda ikki bor mag'lub bo'ldi va yetakchilardan ancha qolib ketdi - 44 ochko. Furqat Xayrullaev boshchiligidagi "Kogon" 41 ochko bilan kuchli to'rtlikni yakunlab berdi. "Bunyodkor" (31 ochko) beshinchi, "Metallurg" (25 ochko) oltinchi, "Maksam-Chirchiq" (23 ochko) ettinchi va "Paxtakor" (19 ochko) sakkizinchi o'rinni egallagan holda pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. "Nafis" (15 ochko), "Turon-S" (9 ochko) va "Lokomotiv" (6 ochko) klublari ikkinchi bosqichga o'ta olishmadi.

Toshkentning "Lokomotiv" va Bekobodning "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi to'rtinchi turdan o'rin olgan uchrashuvning ikkinchi bo'limi keyinroq o'tkaziladi. Birinchi bo'limda bekobodliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishayotgan edi. Bu o'yin qanday natija bilan tugashidan qati nazar yuqori sakkiztalik o'zgarishsiz qoladi.

Oliy liga guruh bosqichidan keyin turnir jadvali quyidagicha ko'rinish oldi.

  

Jamoa

O'

G'

D

   

T-N

O

1

Olmaliq

20   

17   

2   

1

110-31   

53   

2

Do'stlik-AIN        

20

17

2

1

79-28

53

3

Ardus

20

14

2

4

74-40

44

4

Kogon

20

13

2

5

80-53

41

5

Bunyodkor

20

10

1

9

56-60

31

6

Metallurg*

19

8

1

10

63-62

25

7

Maksam-Chirchiq   

20

7      

2     

11    

55-69     

23    

8

Paxtakor

20    

6

1

13

54-90

19

9

Nafis

20

4

3

13

46-78

15

10

Turon-S

20

3

0

17

31-59

9

11

Lokomotiv*

19

2

0

17

36-88

6

* - "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvining ikkinchi bo'limi tez kunda o'tkaziladi.


To'purarlar:

Ulug'bek Ramazonov ("Kogon") - 23
Feruz Faxriddinov ("Do'stlik-AIN") - 22
Farhod Abdumavlonov ("Olmaliq") - 20
Davron Choriev ("Ardus") - 19
Sohib Narzullaev ("Kogon") - 19
Oybek Polvonov ("Do'stlik-AIN") - 18
Dilshod Irsaliev ("Olmaliq") - 18
Jamoliddin Sharipov ("Olmaliq") - 16
Linar Gabdurafikov ("Paxtakor") - 16

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia