Futzal. "Neftchi" - "So'g'diyona" (4:0) o'yinidan keyin qanday fikrlar bo'ldi?

Narzulla Saydullayev
3 may 2018, 22:54
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining navbatdagi turida "Neftchi" jamoasi "So'g'diyona"ni qabul qildi va o'yinda farg'onaliklar raqiblar darvozasiga javobsiz 4 marta gol kiritishdi.

Shu tariqa, ilk bellashuvda mezbonlar g'olib kelishdi. O'yindan keyin xar ikki jamoa bosh murabbiylari "Neftchi" matbuot xizmati intervyu berishdi

Oybek Abdurahmonov (So'g'diyona bosh murabbiyi):


- Qiyin o'yin bo'ldi. Afsuski, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Aynan shu tufayli mag'lubiyatga uchradik. "Neftchi" kuchli raqib deb o'ylayman. Farg'onaliklar mavsum oldidan tajribali futzalchilarni jamlashgan. Biz esa jizzaxlik yosh yigitlardan jamoa tuzganmiz. Balki bizga biroz tajriba yetishmayotgandir. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Shu o'rinda, jamoamizga ajoyib imkoniyatlarni yaratib berayotgani uchun "So'g'diyona" PFK rahbariyatiga katta rahmat aytib qolaman.


Farrux Zokirov ("Neftchi" bosh murabbiyi):

- "So'g'diyona" asosan yosh futbolchilaridan iborat sanaladi. Lekin bahs davomida shunga guvohi bo'ldimki, raqib juda tezkor o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda urilgan 3 ta gol jamoamizga ruhiy ustunlik taqdim etdi. Shu sabab, g'olibona kayfiyatda bellashuvni davom ettirdik. Lekin bu natija bilan chegaralanib qolmaymiz. Ertagalik o'yinda ham Jizzax jamoasi bizga jiddiy muammolar tug'dirishi aniq. "Neftchi" joriy mavsumda faqat yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

Hojiakbar Jabborov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати