Futzal. Milliy terma jamoa 10 apreldan Toshkentda yig'iladi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2014, 11:12
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 apreldan boshlab Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi.
Shu tariqa, jamoa 30 apreldan 10 mayga qadar Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati 2014 musobaqasiga tayyorgarligini boshlaydi.

Toshkentdagi yig'in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari 18 va 19 aprel kunlari Eron milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

Shundan so'ng, qita birinchiligiga tayyorgarlik Xitoyda davom ettiriladi. Rejaga ko'ra, 23-28 aprel kunlari o'tadigan u yerdagi yig'in paytida O'zbekiston terma jamoasi Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi 2ta o'rtoqlik uchrashuvda ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvlar 25 va 27 aprel kunlariga belgilangan.

Shu kunlarda O'zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Toshkentda bo'lib o'tadigan yig'inga jalb etiladigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan 24 nafar sportchi joy egalladi. Osiyo chempionatining final bosqichiga jamoa tarkibida 14 futbolchi yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Vetnamdagi Osiyo chempionatining final bosqichi 30 apreldan 10 mayga qadar o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi birinchi bahs 1 may kuni bo'lib o'tadi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'izston vakillari bilan kuch sinashadi. 3 may kuni O'zbekistonning raqibi Yaponiya bo'ladi. Oradan 2 kun o'tgach, futzalchilarimiz Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishadi.

Quyida O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar taqvimi ko'rsatilgan:
 1-tur
 1 may,  payshanba

 16:30. Qirg'izston – O'zbekiston

 2-tur
 3 may, shanba

 16:30. O'zbekiston – Yaponiya

 3-tur
 5 may, dushanba

 16:30. O'zbekiston – Janubiy Koreya.

* O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Qur'aga qo'ra, 16ta jamoa quyidagi guruhlarga bo'lingan:
 A guruhi: Vetnam, Quvayt, Tojikiston, Iroq
V guruhi: Eron, Avstraliya, Xitoy, Indoneziya
S guruhi: Tailand, Livan, Xitoy Taypeyi, Malayziya
D guruhi: Yaponiya, Qirg'iston, O'zbekiston, Janubiy Koreya.

Toshkentda o'tkaziladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlariga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
 Darvozabonlar: Rustam Umarov (Bunyodkor), Klim Tyugaev (Maksam-Chirchiq), Akmal Xazratqulov (Do'stlik-AIN);
Himoyachilar: Umid Xolmatov (Maksam-Chirchiq), Javlon Anorov (Maksam-Chirchiq), Shuhrat Tojiboev (Lokomotiv), Maqsud Fayzullaev (Kogon), Davron Abduraxmonov (Ardus), Shaxzod Bo'riev (Ardus), Ilxom Yusupjonov (Maksam-Chirchiq), Baxtiyor Umarov (Bunyodkor), Konstantin Sviridov (Lokomotiv);
Hujumchilar: Dilshod Raxmatov (Kogon), Farhod Abdumavlonov (klubsiz), Andrey Shlema (Lokomotiv), Jamoliddin Sharipov (klubsiz), Artur Yunusov (Lokomotiv), Davron Choriev (Lokomotiv), Alisher Ibragimov (Do'stlik-AIN), Jasur Sodiqov (Maksam-Chirchiq), Eldor Xoshimov (Ardus), A'zam Saidaxmatov (Ardus), Zarif Begulov (Ardus), Dilshod Irsaliev (klubsiz).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz