Futzal JCH. Pley-off bosqichiga chiqqan uchta terma jamoa nomi ma'lum

Administrator
17 sen 2024, 22:21
O'zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionati ikkinchi turiga start berildi.

Bugun Tailand futzal terma jamoasi ikkinchi turda Kubani (10:5) mag'lub qildi. Braziliya esa Xorvatiyaga umuman imkoniyat (8:1) qoldirmadi. Bu ikki terma jamoa "B" guruhida ikkinchi turdan keyin 100% lik natija qayd etib, pley-off yo'llanmasini naqd qildi. 

Bundan tashqari, yaqindagina o'z yakuniga etgan O'zbekiston va Paragvay uchrashuvida paragvayliklar o'zlarining ikkinchi g'alabalarini (1:4) qo'lga kiritib, guruhdagi birinchi o'rin va pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi.

Shu tariqa, Paragvay, Braziliya va Tailand termalari pley-off yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qildi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia