Futzal JCH. Eron g'alabani mag'lubiyatga aylantirdi, yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
27 sen 2021, 23:51
Litvada davom etayotgan futzal bo'yicha mundial bahslari hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.

Bugun chorak final o'yinlari yakuniga etdi. Unga ko'ra, 2:0 hisobida oldinda borayotgan Eron termasi 3ta gol o'tkazib yuborib, Qozog'iston termasiga mag'lub bo'ldi, 2:3. Shuningdek, Ispaniya Portugaliyaga yutqazdi.

Ispaniya - Portugaliya 2:4

Gollar: Adolfo (22, 1:0), Adri (23, 2:0), Andre (31, 2:1), Ziki (36, 2:2), Raya (43-avtogol, 2:3), Pani (48, 2:4).

Ispaniya: Dastlabki beshlik - Errero, Ortis, Fernandes, Martines, Kampos.

Zaxiradagilar: Dias, Tolra, Gomes, Solano, Bebe, Chino, Xuanxo, Raya, Mellado.

Portugaliya: Dastlabki beshlik - Bebe, Chezilio, Koelo, Matos, Rikardino.

Zaxiradagilar: Andre, Pako, Afonso, Ziki, Erik, Pani, Brito, Kastro, Ugo.


Eron - Qozog'iston 2:3

Gollar: Oladgobad (8, 1:0), Ismoilpur (15, 2:0), Samimi (25-avtogol, 2:1), Knaub (29, 2:2), Taynan (39, 2:3).

Eron: Dastlabki beshlik - Samimi, Ahmadi, Hassanzoda, Oladgobad, Abbosi.

Zaxiradagilar: Mohammadi, Ismoilpur, Rafipur, Tayibi, Shajari, Tavakoli, Javid, Nematiyan, Moxammadi.

Qozog'iston: Dastlabki beshlik - Igita, Taynan, Orazov, Tursagulov, Duglas.

Zaxiradagilar: Atantayev, Karagulov, Nurgozin, Valiullin, Akbalikov, Essenamanov, Knaub, Tokaev, Sarbassov.


Yarim final juftliklari

29 sentyabr, 22:00. Braziliya - Argentina

30 sentyabr, 22:00. Portugaliya - Qozog'iston

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia