Futzal. Bugun terma jamoamiz Tojikistonga qarshi maydonga tushadi

Khoja
15 apr 2025, 07:58
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Tayyorgarlik davomida bugun Nodir Eliboev jamoasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv soat 16:00 da start oladi.

Mazkur jamoalarning yakshanba kuni bo'lib o'tgan dastlabki bahsida Nodir Eliboev shogirdlari yirik - 8:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @Futsal_Uzbekistan