Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash. Sharqiy mintaqadan Xitoy va Yaponiya vazifani uddaladi

Xayrulla Xoliqov
24 okt 2019, 19:58
2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma oladi. 

OFK saralash bahslarini to'rt mintaqaga bo'lib o'tkazishni maqul ko'rgan: ASEAN mintaqasi, Markaziy va Janubiy mintaqa, Sharqiy mintaqa hamda G'arbiy mintaqa. 

Sharqiy mintaqada jamoalar ikki guruhga bo'lingan. O'yinlarga Xitoy mezbonlik qilmoqda va 22-26 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi. Reglamentga ko'ra, har ikkala guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Shuningdek, ikkinchi o'rinni egallaganlar o'zaro bellashib, kim g'olib chiqsa shu jamoa ham musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 


"A" guruhi - Xitoy Taypeyi, Xitoy, Mo'g'uliston, Gonkong. 


1-tur. 22 oktyabr

Xitoy – Mo'g'uliston 3:0; Xitoy Taypeyi – Gonkong 4:1


2-tur. 23 oktyabr

Gonkong - Xitoy 0:5; Mo'g'uliston - Xitoy Taypeyi 4:4 


3-tur. 24 oktyabr

Mo'g'uliston - Gonkong 6:3; Xitoy Taypeyi - Xitoy 2:8


 

"B" guruhi - Yaponiya, Janubiy Koreya, Makau.


1-tur. 22 oktyabr

Makau - Yaponiya 2:17


2-tur. 23 oktyabr

Janubiy Koreya - Makau 6:1


3-tur. 24 oktyabr

Yaponiya - Janubiy Koreya 4:2

 

Shunday qilib Sharqiy mintaqada guruh o'yinlari o'z yakuniga etdi. Xitoy va Yaponiya peshqadamlikni qo'lga kiritgan holda Osiyo chempionatiga yo'l oldi. Guruhda ikkinchi o'rinni egalagan Mo'g'uliston bilan Janubiy Koreya o'rtasida pley-off uchrashuvi bo'lib o'tadi va g'olib chiqqan jamoa ham Osiyo chempionati ishtirokchisiga aylanadi. 

Pley-off. 26 oktyabr. Mo'g'uliston - Janubiy Koreya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia