Futzal bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi ishtirokchilari aniq bo'ldi

Khoja
22 apr 2024
Kecha, 21 aprel kuni futzal bo'yicha Afrika Millatlar kubogida 3-o'rin uchun va final uchrashuvlari o'tkazildi.

Turnir yakunlariga ko'ra, dastlabki uch o'rinni egallagan terma jamoalar - Marokash, Angola va Liviya mamlakatimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Marokash terma jamoasi finalda Angolani mag'lub etdi va ketma-ket uchinchi bor Afrika Millatlar kubogi g'olib bo'ldi. Liviya esa Misrga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, bronza medalga ega chiqdi.


KhojaMuallif
Manba: futzal.uz