Futzal. Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi raqiblarini bilib oldi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2015, 12:00
Bugun futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston ayollar terma jamoasi "A" guruhida Eron, Malayziya va Gongkong bilan bir guruhdan o'rin oldi.

"B" kvartetidan Yaponiya, Xitoy, Tailand va Vetnam terma jamoalari o'rin olishdi.

Ma'lumot uchun, ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati tarixda ilk bor tashkil etilmoqda. Dastlabki musobaqaga Malayziya davlati mezbonlik qiladi. Chempionat 17-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia