"Futbol Ekspress" top-beshlikka bag'ishlangan maxsus sonni chop etdi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2014, 10:33
"Futbol Ekspress" gazetasi ko'p sonli ishqibozlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda nafaqat Yevropa, balki jahonning eng tomoshabop ligalari sifatida etirof qilinadigan top-beshlik xususida maxsus son chop etdi.
Zero, muxlislar uchun jahon miqyosidagi milliy birinchiliklarda o'tkazilayotgan bellashuvlarni tomosha qilish, natijasidan voqif bo'lish, o'yinchilar va uchrashuvlarga taalluqli bo'lgan har qanday ma'lumotlar ahamiyat kasb etadi.

Bejizga mutaxassislar Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarini top-beshlik sifatida tilga olmaydilar. Chunki mazkur birinchiliklarda sayyoramizdagi eng yaxshi futbolchilar to'p tepishadi. Ularning ijrosidagi o'yinlardan bahramand bo'lishni har qanday ishqiboz xohlasa kerak.

Rekordlar, ishtirokchilarning tarkiblari, TV bilan tuzilgan shartnomalar, chempionatlarning to'liq taqvimlari, milliy birinchiliklarning formati va homiylari, bularning bari "Futbol Ekspress" gazetasining maxsus sonidan o'rin olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia