

-Ngoloni ayni paytda dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachi, deb hisoblayman. Uning bu mavsumda ko'rsatayogan o'yini shunchaki mo'jiza. Balki u ko'p gol urmayotgandir. Ammo u jamoaga juda ko'p narsa berayapti. Dunyoda bu chiziqda hozirda undan zo'r o'ynayotgan futbolchini ko'rmayapman, dedi Lempard VVSga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda “Lester” Kanteni 30 million funtga “Chelsi”ga sotgandi. “MYU” esa Pogba uchun “Yuventus”ga 89 million funt to'lab bergan.



