Frank de Bur "Nyukasl" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015, 13:19
"Nyukasl" rahbariyati "Ayaks" ustozi Frank de Burni jamoaga bosh murabbiy sifatida olib kelmoqchi
Ma'lumotlarga ko'ra, klub yozda de Burni qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Mavsum oxirigacha "Nyukasl"ni Jon Karver boshqaradi, chunki de Bur mavsumning o'rtasida "Ayaks"ni tashlab keta olmaydi.