Fransiyaning 7 karra chempioni 2-ligaga tushirib yuborildi

Mirjalol Normatov
16 noya 2024, 00:25
Fransiyaning "Lion" klubi Liga 1dan vaqtinchalik tushirib yuborildi.

Klub o'z ishtirokini vaqtinchalik ravishda Liga 2da davom ettiradi. Bunga klubning 505,1 mln evro qarzi va moliyaviy muammolari sabab bo'lgan. Aynan shu sababli klub transferlardan ham taqiq olgan. 

"Lion" o'tgan mavsumni 6-o'rinda yakunlagan va ayni damda Yevropa ligasida ham ishtirok etmoqda. Klub ushbu mavsumni qanday o'rinda yakunlashidan qatiy nazar, kelasi mavsum Liga 2da o'ynaydi. Ushbu mavsumni yuqori ligada tugatib qo'yadi.

Ma'lumot uchun, "Lion" o'z tarixida 7 marta mamlakat chempioni bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal