Fransiyada iftorlik vaqti o'yinlarda qisqa tanaffus qilish yana taqiqlandi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2024, 19:23
Fransiya futbol federatsiyasi Ramazon oyida futbolchilarga iftorlik qilishlari uchun yana o'yinlarda tanaffusga ruxsat bermaydi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, mazkur qaror o'yin surati buzilishi bilan izohlangan.

Shunday qilib, iftorlik paytida o'yinlarda qisqa tanaffus qilish taqiqlanadi. Bu yerda istiqomat qiladigan ko'p sonli musulmonlar esa qarorga norozilik bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, mamlakatda o'tgan mavsum ham shunday qaror qabul qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport