Fransiya terma jamoasining JCH-2022ga boradigan tarkibi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2022, 00:49
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham joriy yil Qatarda o'tadigan jahon chempionatiga yo'l oladigan futbolchilarni tanlab oldi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Loris ("Tottenxem"), Areola ("Vest Xem"), Mandanda ("Renn").

Himoyachilar: Lukas Ernandes, Upamekano, Pavar (barchasi - "Bavariya"), Teo Ernandes ("Milan"), Kimpembe (PSJ), Konate ("Liverpul"), Kunde ("Barselona"), Saliba ("Arsenal"), Varan ("Manchester Yunayted").

Yarim himoyachilar: Kamavinga, Tchuameni (ikkisi - "Real"), Fofana ("Monako"), Genduzi, Veretu (ikkisi - "Marsel"), Rabo ("Yuventus").

Hujumchilar: Benzema ("Real"), Koman ("Bavariya"), Dembele ("Barselona"), Jiru ("Milan"), Grizmann ("Atletiko"), Mbappe (PSJ), Nkunku ("Leyptsig").


Eslatib o'tamiz, Qatardagi mundial 20 noyabr kuni start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance