Fransiya - Ruminiya. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi – Paye!
11 iyun 2016, 02:45
Yevropa chempionatining dastlabki uchrashuvi qahramoniga aylangan Fransiya terma jamoasi futbolchisi Dimitri Paye Ruminiyaga qarshi o'yinda hal qiluvchi gol muallifiga aylandi.
Dimitri Paye Fransiya - Ruminiya (2:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Paye jamoasining dastlabki goliga assistentlik qilgan bo'lsa, bellashuvning 89-daqiqasida Fransiyaga g'alaba keltirgan muhim gol muallifiga aylandi.