

Unda mamlakatning amaldagi chempioni PSJ va Rudi Garsiya boshqaruvidagi “Lion” klubi o'zaro kuch sinashadi.
Mavsumni 7-pog'onada yakungan Garsiya shogirdlari mazkur bellashuvda g'olib chiqishsa, Yevropa Ligasi 2020/2021 saralash bosqichi yo'llanmasiga ega chiqishlari mumkin.
Ayni paytda har ikkala jamoa Yevropa chempionlari ligasida o'z yurishlarini davom ettirishmoqda.
Fransiya Liga kubogi. Final
PSJ – Lion
Stad de Frans stadioni.
PSJ – Navas, Bakker, Tiago Silva, Kurzava, Markinos, Guye, Verratti, Di Mariya, Kimpembe, Neymar, Ikardi.
Lion – Antoni Lopesh, Marsal, Marselo, Denayer, Dyubua, Auar, Bruno Gimaraes, Kakre, Korne, Depay, Dembele.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:10 da boshlanadi.



