Fransiya 1-Ligasi transfer bozoridagi harajatlar bo'yicha rekordini yangiladi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 11:08
Fransiya birinchi ligasi yakunlangan transfer mavsumida futyuolchilar haridi uchun umumiy hisobda 380,7 million evro sarflashgan.
Bu ko'rsatkich Frnaciya chempionati uchun rekord hisoblanadi, deya xabar bermoqda Transfermarkt.

Harajatlarning eng katta qismi "Monako" va "PSJ" klublariga teshishli bo'lganini takidlash joiz. Monakoliklar yangi futbolchilarni jamoaga jalb qilish uchun 166,2 million sarflashgan bo'lishsa, parijliklarda bu 110,9 millionga teng bo'ldi.

"Nicca" va "Ayachcho" umuman futbolchi sotib olishmadi. O'rtacha hisobda har bir klub hissasiga bu transfer oynasida 19 milliondan to'g'ri kelmoqda.

Futbolchilarni sotishda esa barcha frnacuz klublarining umumiy foydalari 228,5 millionni tashkil etgan. Sotilgan futbolchilarning eng qimmati "PSJ"dan "Liverpul"ga o'tgan Mamadu Sako transferi bo'ldi. Uning Angliyaga ketishi klubiga 19 million evro keltirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru