FOTOGALEREYA. O'zbekistonlik jurnalistlar Osiyo Kubogiga tayyor

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2015, 09:27
Bugun Sidneyda bo'lib turgan OAV vakillari Osiyo Kubogi media markaziga tashrif buyurishdi.
Saytimizning uch nafar vakili Nodirxo'ja Yuldshaev, Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev hamda Murod Rizaev (Sport TV), Ahadxon Abduhamitov ("InterFutbol") va Hasan Pirmuhamedov (O'FF matbuot xizmati) OFK tomonidan taqdim etilgan rasmiy akkreditatsiyalarga ega bo'lishdi. Media markaz xodimlari barchaga musobaqaga atalgan sovg'alarni taqdim etishdi.

"Avstraliya" stadionining 4-qavatida joylashgan Media markazda 350tacha joy bor. Lekin bugun asosan faqat o'zbekistonlik jurnalistlar ishlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia