"Fotih Karagyumruk" 37 yoshli Sirigu bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 15:48
Turkiya Superligasi vakili "Fotih Karagyumruk" italiyalik darvozabon Salvatore Siriguni safiga qo'shib oldi.

"Qizil-qoralar"ning xabariga ko'ra, 37 yoshli darvozabon mavsum oxiriga qadar Otabek Shukurov sobiq jamoasida o'ynaydi.

Sirigu faoliyati mobaynida "Palermo", "Kremoneze", Ankona", PSJ, "Sevilya", "Osasuna", "Torino", "Napoli", "Fiorentina" va "Nicca" kabi jamoalarda o'ynagan, Italiya terma jamoasi darvozasini esa 28 marta qo'riqlagan.

Ma'lumot o'rnida, ayni paytda "Fotih Karagyumruk"ka "Paxtakor" sobiq ustozi Shota Arveladze murabbiylik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: yirmidort.tv