Florentino Peres braziliyalik darvozabon uchun 75 mln evro sarflashga tayyor

Tolibjon Qosimov
16 fev 2018, 21:57
Madridning "Real" klubi "Roma" kiperi Alisson Beker uchun 75 million evro sarflashga tayyor.

Bu haqda "Il Corriere della Serra" xabar berdi. Manbaning tasdiqlashicha, agar "Real" yana bir bor David De Xeani xarid qila olmasa, u holda bor e'tiborini "Roma" darvozaboni Alissonni olishga qaratadi.

Rimliklar braziliyalik kiperni 70 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Bekerga boshqa bir da'vogar jamoa "Liverpul" hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Il Corriere della Serra